Меню сайта

Болимлар
Севги Хакида Шер [2]
Sevgi hakida Sher
Смс Прикол Шерлар [0]
SMS PRIKOL SHERLAR
Смс Шонли Шерлар [0]
SMS JONLI SHERLAR
Севги созлари [0]
SEVGI SO'ZLARI
Достлик Шери [0]
DO`STLIK SHERI
Ибратли Шерлар [0]
IBRATLI SHERLAR
Хикоялар [0]
XIKOYALAR
Севги Изошлари [2]
Sevgi izhorlari

Top 10 MP3
Шахзода - Тирик...


Овоз Берин
Сайтка Бахо Беринг
Всего ответов: 83

Статистика

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная

Регистрация

Вход
Приветствую Вас Гость | RSS


SoGinDiM.NeT


Пятница, 13.06.2025, 12:01
Главная » 2013 » Ноябрь » 25 » LOLA LOLAJONIM qizğaldoq
08:31
LOLA LOLAJONIM qizğaldoq
LOLA LOLAJONIM qizğaldoq
..Mendan nima qolar: Ikki misra she’r, Ikki sandiq kitob, Bir uyum tuproq. Odamlar ortimdan Nima desa der, Men seni o`ylayman O`zimdan ko`proq – Lola, lolajonim, Lolaqizg`aldoq! Men ketsam, yomondan Yiroq bo`l, ohu, Chunki sen chiroyli, Ko`rkli bir juvon. Yomon kunlar bir kun Yaxshi bo`lar-u, Yomon odam yaxshi Bo`lmas hech qachon… Yasha chegarada Turgandek ogoh, Lola, lolajonim, Lolaqizg`aldoq! Uyda yotibman-u, Sezib turipman, Ko`kda kelayotir Qushlar qaytishib. Xayrlar yog`dirib Qanotlaridan, Xasta shoiriga Vido aytishib. Bor, mening uchun ham Ularga qo`l qoq – Lola, lolajonim, Lolaqizg`aldoq! Ularni men yana Ko`rarmanmi-a, Ayvondan odamdek Kuzatolmadim. Kuz. To`ylar boshlandi. Yuragim pora – Bitta qizimni ham Uzatolmadim… Demak, taqdir ekan To`y ko`rmay o`lmoq, Lola, lolajonim, Lolaqizg`aldoq! Biroq, ko`nglim sezar, Mendan keyin ham, Bir kun bu hovliga Odam to`ladi. Hali to`ylar qilib Charchaysan, erkam, Mening qizlarim eng Baxtli bo`ladi! Kelinlar ko`ylagi Ruhimday oppoq – Lola, lolajonim, Lolaqizg`aldoq! Gulim, yaqinroq kel, Qara, ne savdo, Bu ajib ishlarni Dil lavhiga yoz: Kimga qasr yetmas, Kimga mol-dunyo, Menga esa havo Yetmaydi, xolos. Tiriklar mudroqda, O`liklar uyg`oq – Lola, lolajonim, Lolaqizg`aldoq! Ko`ksim kuyib borar, Ko`krak yonmoqda, Ayting do`xtirlarga, Yorishsa yorsin! Jism o`z ulfati – Jondan tonmoqda. Bechora jon endi Qayerga borsin. Endi osmon yiroq, Endi yer yumshoq – Lola, lolajonim, Lolaqizg`aldoq! Bunu xayot derlar, Unutma aslo, Bir kun ochilasan, Bir kun so`lasan. Qalbimda-ku, faqat Sen eding tanho, Qabrim ustida ham O`zing bo`lasan. Sen bizning sevgidan Xotira – bayroq, Lola, lolajonim, Lolaqizg`aldoq! Ayol qalbing bilan Suv kech, olov kech, G`am kelsa boshingdan Xushing uchmasin. Xudodan so`radim: Mendan keyin hech, Nomard kimsalarga Ishing tushmasin. Ularning qo`lida Hamisha tuzoq, Lola, lolajonim, Lolaqizg`aldoq! Ishing tushsa, inim Muhammadga bor, Shoirlar ichida Ishonganim shu. Biroz ichishini Aytmasa agar, Ko`ksi tiniq bola, Halol bola u. Faqat sal soddaroq, Faqat sal yoshroq, Lola, lolajonim, Lolaqizg`aldoq! Jon so`ngi boshpana Toparkan ongda, U yurak ostida Derdim men bo`lsam. Ajablanma agar Ertaga tongda Seni o`pib, O`shni Quchoqlab o`lsam!.. O`tinchim – tepamda Yig`lama uzoq, Lola, lolajonim, Lolaqizg`aldoq .........!!!!!!

Просмотров: 3932 | Добавил: MEGAMIX | Рейтинг: 2.0/3
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
Кириш | Чикиш

Календарь
«  Ноябрь 2013  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930

Топ 10 Клип

Top 10 Шерлар
Жоним энди сиз ...
Sevgi Alam Xiyo...
LOLA LOLAJONIM ...
O'tgan kunlar o...
Uni sevib ne to...
Yolg'onni to'qi...
Агар бой аёлга ...
...SevGINI UVOL...
Ayriliqni azobi...
Qalbimda tuygul...

Мини-чат

Архив

Copyright MyCorp © 2025 Сделать бесплатный сайт с uCoz